Anonymous

Anonymous bu markazlashmagan xalqaro aktivistlar va xakerlar jamoasi hamda harakatidir. Dastavval, ushbu xakerlik guruhi, bir nechta hukumat organlari, davlat muassasalari hamda idoralari, korporatsiyalar va Scientology cherkoviga qarshi amalga oshirilgan turli kiberhujumlar ortidan mashhur boʻlishni boshlagan. Anonymous guruhi 2003-yilda 4chan imageboard panelida ilk bor koʻrinish bergan. Anonim aʼzolar (anonlar) „V for Vandetta“ grafik romani (komikslar toʻplami)da qoʻllangan Guy Fawkes niqobi orqali omma oldida ajralib turishadi. Anonymous xakerlari ovoz o'zgartirgichlar yoki matndan nutqqa dasturlari orqali asl ovozlarini yashirishni afzal koʻrishadi. Guruh tashkil topgandan keyin, dastlabki yillar davomida, guruh markazlashmagan tarzda turli xil koʻrinishdagi harakatlar, asosan, oʻyin kulgi maqsadida, amalga oshirishgan. 2008-yildagi Chanology loyihasidan, Scientology cherkoviga qarshi boʻlgan bir qator norozilik namoyishlari, masxara qilish, kiberhujumlar, boshlab Anonymous jamoasi xalqaro miqyosda bir qator masalalar boʻyicha hamkorlikdagi xaktivizm bilan tobora koʻproq aloqaga kirisha boshlaydi. Keyinchalik, Anonymous xakerlik guruhi xaktivizmining maqsadlari doirasiga AQSh, Isroil, Tunis, Uganda kabi davlatlar hukumati, islomiy davlat — IShID, bolalar pornografiyasi saytlari, mualliflik huquqini himoya qilish organlari, Westboro Baptistlar cherkovi, PayPal, MasterCard, Visa va Sony kabi korporatsiyalarini qamrab oladi. Anonymous WikiLeaks va Occupy harakatini ochiq qoʻllab-quvvatlagan. Anonymousga aloqador guruhlar LulzSec va Operation AntiSec AQSh hukumati idoralari, ommaviy axborot vositalari, kompaniyalari, harbiy pudratchilar, harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlariga kiberhujumlar uyushtirishgan. Natijada huquqni muhofaza qilish organlarining guruhlar faoliyatiga eʼtibori ortadi. Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Ispaniya, Hindiston va Turkiya kabi mamlakatlarda Anonymous kiberhujumlarida ishtirok etgan oʻnlab odamlar hibsga olingan. Guruhning harakatlari va samaradorligini baholash anchagina mushkul vazifadir. Qoʻllab-quvvatlovchilar guruhni „ozodlik jangchilari“ va internet Robin Gudlari deb atashgan, tanqidchilar ularni „kiber linch-mob“ yoki „kiber terrorchilar“ deb taʼriflashgan. 2012-yilda Time jurnali Anonymous guruhini dunyoning "100 ta eng nufuzli odamlari " qatoriga kiritadi. Anonymousning ijtimoiy tarmoq profillari 2018-yilga kelib oʻz faoliyatini toʻxtatadi, lekin, guruh Jorj Floyd noroziliklarini va boshqa sabablarni qoʻllab-quvvatlash uchun 2020-yilda qayta paydo boʻladi.


© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search